Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Bugun, 22-aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida Kadastr agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan tadbir tashkil etildi.

22.04.2024
785

Unda sohaning tarixiy va zamonaviy texnikalaridan iborat ko‘rgazma namoyishlari, fotolar galareyasi va geomarafon hamda bolalar ishtirokida turli tanlovlar o‘tkazildi.

Shuningdek, oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani yanada rivojlantirish, bitiruvchi talaba - yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” va “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalari bo‘lib o‘tdi. 5 ta hamkor OTM lardan kelgan bitiruvchi yoshlarga tizim faoliyati hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'luot berildi. Buning natijasida shu kunning o‘zida 40 nafarga yaqin yoshlar o‘z ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

Ahamiyatlisi, tadbir doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov hamda Kadastr agentligi direktori F. Pulatov tomonidan memorandum ham imzolandi. 

Tadbir yakunida Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar hamda vaucherlar taqdim etildi.