Ishonch telefoni : 1097 Kirish

"Dolzarb 40 kunlik" doirasida hududlarda yer nazorat tadbirlari

03.05.2024
785

Andijon viloyati Marhamat tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Toshyo‘li ko‘chasida yashovchi fuqaro M.M. tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 200.0 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati aniqlandi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Taraqqiyot MFY hududidan  fuqaro  A.Sh  tomonidan  yer maydoni  hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan molxona qurib olganligi aniqlandi hamda yer maydonini davlat zahirasiga qaytarish yuzasidan yozma ogohlantirish xati berildi.

Buxoro viloyati Kogon shahar bo‘limi tomonidan Bunyodkor MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 9 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, yengil konstruksiyali qurilma qurilganligi aniqlandi. Ushbu yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan Qishloqozon MFY hududida ichki yo‘l muhofaza hududidan o‘zboshimchalik bilan devor to‘sig‘I qurilgani aniqlandi hamda holat fuqaroning o‘zi tomonidan bartaraf qilindi.

Sirdaryo viloyati boshqarmasi Guliston shahar bo'lim inspektorlari tomonidan shaharning Ulug’obod MFY hududida tashkil etilgan bog’ning tuproq yo’llar bilan band qismida fuqaro tomonidan o’zboshimchalik bilan 0,128 kv.m qurilgan bino aniqlandi.

Navoiy viloyati Navoiy shahri Ishonch MFY hududidagi fuqaro R.M tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib 40 kv.metr yer maydonda qurilgan naves bartaraf qilindi.