Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Veb-saytdan foydalanish yo'riqnomasi va atamalar ma'nosi.

15.08.2023
785

Kadastr.uz – veb-saytidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Bosh sahifa

Asosiy sahifaga kirgandan so‘ng foydalanuvchi saytdagi mavjud bo‘limlardan o’zini qiziqtirgan barcha ma`lumotlarga kirishi, o‘zini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

Veb sayt asosiy sahifasidagi bo‘limlar - sahifaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib foydalanuvchi bo‘lim sarlavhasiga sichqoncha tugamachasini olib kelish orqali ochishi va bo‘limning barcha bo‘linmalarini ko‘rishi mumkin.

Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun yuqori oynada tezkor kirish uchun quyidagi bo‘limlar mavjud:

1. Agentlik

1.1. Agentlik haqida

1.2. Rahbariyat

1.3. Tashkiliy tuzilma

1.4. Markaziy apparat

1.5. Tasarrufidagi tashkilotlar

1.6. Agentlikning hududiy boshqarmalari

1.7. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

1.8. Faoliyatning huquqiy asoslari

1.9. Xalqaro hamkorlik

1.10. Korrupsiyaga qarshi kurashish

2. Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

Ushbu bo’limda foydalanuvchilar, Agentlik va Davlat kadastrlari palatasi va ularning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari va soha yangiliklari hamda soha rivojida erishilayotgan yutuqlar to’g’risidagi hisobotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

3. Ochiq ma'lumotlar bo’limi

Ushbu bo’limda foydalanuvchilar, Agentlik va Davlat kadastrlari palatasi va ularning hududiy boshqarmalaridagi mavjud bo’sh ish o’rinlari, ko’rsatilayotgan elektron xizmatlar hisoboti, foydalanilayotgan axborot tizimining imkoniyatlari hamda geodeziya va kartografiya yo’nalishida bilim va ko’nikmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

4. Me’yoriy hujjatlar bo’limi

Ushbu bo‘limda foydalanuvchilar sohaga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, muhokamaga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

 

5. Interaktiv xizmatlar bo’limi

Ushbu bo‘limda foydalanuvchilar Kadastr agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan tanishishi, murojaatlar tartibi va holati bilan tanishi, statistic hisobotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

 

6. Elektron hukumat bo’limi

Ushbu bo’limda sohaga doir Elektron hukumatga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va tizimda qo’llanilayotgan Elektron hukumat bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish mumkin.

 

7. Murojaat qilish bo’limi

Ushbu bo’limda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sohaga doir muammo, taklif va e’tirozlarni yo’llash uchun bevosita Agentlik markaziy apparatiga murojaat yo’llash hamda ishonch telefoniga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish imkoniyati mavjud.

8. So’rovnoma bo’limi

Ushbu bo’lim orqali veb-sayt foydalanuvchilari uchun, Agentlik va Davlat kadastrlari palatasi hamda ularning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan interaktiv davlat xizmatlarining ko’rsatilishini baholash imkoniyati mavjud.

 

VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR

Atamalar

Izoh

1.

Kadastr

Kadastr (fr. kadastr) — davriy yoki doimiy ravishda olib boriladigan kuzatuv maʼlumotlari asosida davlat tomonidan rasman tuziladigan har qanday muhim obʼyektlarning tartiblangan roʻyxati, reestri. Kadastr soliqlarning to'g'ridan-to'g'ri real summalarini (er, uy, sanoat), tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlarni, ob'ektlarning qiymatini (kadastr qiymatini) baholash va boshqalarni aniqlash uchun ishlatiladi.

2.

Bino

Funksional maqsadiga qarab, odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi

3.

Yer uchastkasi

Yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi

4.

Inshoot

Har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi

5.

Kadastr yig’majildi

Obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi

6.

Kadastr muhandisi

Geodeziya-kartografiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki o‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs

7.

Kadastr pasporti

Ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat

8.

Ko’p yillik daraxtlar

Bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlari

9.

Ko’chmas mulk

Yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar

10.

Maxsus inshootlar

Belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun alohida yer uchastkasida qurilgan muhandislik inshootlari majmuasi, jumladan, temir va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, yer yuzasida, yer usti va yer ostida joylashgan magistral quvurlar, magistral kanal va kollektorlar

11.

Qurilishi tugallanmagan obyektlar

Qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.