Ishonch telefoni : 1097 Kirish

"Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" koʻkrak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

22.04.2024
785

Bugun, 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, sohada o‘zining o‘chmas izini qoldirib kelayotgan hamda faoliyati davomida  mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan 5 nafar xodim “Soha iftixori”, 23 nafari esa “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Kadastr agentligi jamoasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan hamkasblarini muborakbod etadi. Kelgusidagi ishlariga rivoj va zafarlar tilab qoladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.