Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Muammoni bartaraf etish emas balki uni oldini olish muhim:

22.04.2024
785

Kadastr agentligi tizimida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan boshlab bartaraf etilgunga qadar bo‘lgan jarayonlarning monitoringini yurituvchi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.

Mazkur tizimning mobil ilovasi ham ishlab chiqilib, 2024-yil mart oyidan boshlab yer qonunbuzilish holatlarini planshet orqali mobil tarzda rasmiylashtirish ham yo‘lga qo‘yildi.

Bu o‘z navbatida jarayonning shaffof tarzda amalga oshirilishini ta’minlandi. Joylarda inspektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘liq nazoratga olinib, tizimdagi korrupsiya holatlarining oldini olishda juda yaxshi samara beryapti.

Albatta, tizimda amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar zamirida “Ona yerimiz”ni asrash, uni muhofaza qilish hamda samarali foydalanish maqsadi mujassam.

Direktorning birinchi o'rinbosari 
A. Allaberganov