Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Surxondaryo viloyatida maqsadsiz foydalanilgan yer maydonlari zahirasiga qaytarilmoqda.

25.04.2024
785

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo'lim inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragida jami 21 ta holatda 7581,81 gektar yer maydonlari fuqarolar hamda tadbirkorlar tomonidan maqsadsiz foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan ushbu yer maydonlarini tuman shahar zahiraga qaytarish maqsadida hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi. Shundan 6 ta holatda 25,08 gektar yer maydonlari zahiraga qaytarildi.