Ishonch telefoni : 1097 Kirish

Farg‘ona viloyati bo'yicha o'tgan 2022-yil mobaynida yer qonun buzilishi bo'yicha 1 050 ta holatda 213,7 gektar maydon aniqlandi.

07.04.2023
785

389 ta holatda 83,1 gektar  yer maydonlarida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etilgan.

543 ta holatda sudlarga da’vo arizalari kiritildi.

 64 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 91,7 gektar yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi.

118 ta holatda prokuratura organlariga to‘plangan hujjatlar Qo‘shma tartib asosida taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi 6243-sonli Farmoni asosida yerlardan boshqa maqsadda foydalanilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga da’vo arizasi kiritish vakolatlari berildi. 

Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Abdumutalib Shamshidinov