Toponimika haqida nimalarni bilasiz?

Bilamizki, nom bu dunyodagi barcha insoniyatning, xalqning ma’naviyati va ma’rifatini belgilovchi asosiy vositalardan biridir.

 

Bu haqda Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” nomli dostonida “Kishi mangu emas, uning nomi mangudir, odamdan uning nomi mangu yodgorlik bo‘lib qoladi” degan misralarni yozgan.

 

“Yer tili” hisoblangan geografik joy nomlarini, ularning kelib chiqishi, ma’nosi, o‘zgarishi, talaffuz qilinishi va to‘g‘ri yozilishini toponimika fani o‘rganadi. 

 

Toponim so‘zi yunoncha “topos” - joy, “onoma” - nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, “joy nomi” degan ma’noni bildiradi. 

 

Toponimika – tilshunoslikning nomlarni vujudga kelishi, uning qonuniyatlari, rivojlanishi va amal qilishini o‘rganuvchi bo‘limidir.

 

Toponimiya – toponimlarning (geografik ob’ektlar nomlarining, geografik nomlarning) ma’lum hudud – tuman, viloyat, geografik region, tarixiy joy chegarasida amal qiluvchi majmuasi.

 

Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyat tarixida bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalar joy nomlarida muhrlanib qolgan. Ko‘pgina geografik nomlar joylarning tabiiy sharoiti, ya’ni relefi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, aholining xo‘jalik faoliyatidan ham axborot beradi. 

 

Manbaa: O‘zA

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing