Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Andijon viloyati

Andijon viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

Manzil:170100,Andijon shaxri, A.Temur ko’chasi

Telefon: +99874 227-81-35, 227-81-87,

Faks: +99874 227-82-76

Veb-sayt: www.andkadastr.uz

Elektron pochta: info@andijonkad.uz

andijon.jpg

Berdiqulov Fayoziddin Holmatovich

3_1.jpg

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'i:

Telefon: 0 (374) 227-81-08

Elektron pochta: info@andijonkad.u

Qabul kunlari: Juma, 9:00dan 12:00 gacha

 

Saidov Saydilloxon Tursunboevich

saidov_s._andizhon_0.jpg

Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari

 

Boshqarma vazifalari

Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlarning ba'zaviy va davriy monitoringini yuritish bo'yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishni ta'minlash;

Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yerlardan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Yerlardan foydalanish va muxofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Boshqaruv organlari va maxalliy davlat xokimiyati o'rganlarining davlat kadastrlarini yuritish soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

Davlat yer kadastri xamda bino va inshootlar kadastrini yuritishni muvofiklashtirish xamda nazoratini olib borish;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma'lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuqori tashkilotiga takdim qilinishini tashkil kilish;

Qonun xujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

 

 

Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

 

Yer munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, yerlardan oqilona foydalanish va muxofaza qilishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlaydi;

Qo'mita tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan davlat byudjeti mablaglari xisobiga ushbu viloyat xududida bajariladigan yer tuzish va yer kadastri, geodeziya-topografiya, kadastr va boshqa ishlarning bajarilishida amaliy yordam ko'rsatadi va doimiy monitoringini yuritadi.

Davlat boshqaruv organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerdan foydalanish soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Yer tuzish, yerdan foydalanish va uni muxofaza qilish, yer resurslarini xisobga olish va baxolashni takomillashtirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Yerlardan foydalanish va uni muxofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv o'rganlari, joylardagi davlat xokimiyati o'rganlari tomonidan yer qonunchiligiga amal qilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi, yul qo'yilgan qonunbuzilish xolatlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rilishini ta'minlaydi;

Yer fondining xolatini nazorat qilish, o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yer monitoringini amalga oshiradi;

Joylardagi davlat xokimiyati o'rganlari bilan birgalikda yerlardan oqilona foydalanish va muxofaza kilish bo'yicha xududiy dasturlarni ishlab chikadi va amalga oshiradi;

Tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish yoki olib kuyish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;

Ma'muriy-xududiy bo'linishlar chegaralarini aniqlash va tiklashni tashkil etadi;

Maxalliy davlat xokimiyati o'rganlarining davlat kadastrlarini yuritish soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Davlat yer kadastri xamda bino va inshootlarning davlat kadastrini yuritilishini tashkillashtiradi;

Tumanlar va axoli punktlarining ma'muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

Foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta'minlaydi;

Viloyat yer resurslarining xolati to'g'risida belgilangan tartibda xar yili xisobot tuzadi va "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasiga taqdim etadi.

 

Foydali resurslar