Tashkiliy tuzilma
Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining cheklangan umumiy soni 81 nafar.
Kadastr agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori boshchilik qiladi;
Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Markaziy apparatining tuzilmasi:
- Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi
- Yer munosabatlari va davlat kadastrlarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish bo‘limi
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash sho‘basi
- Kadrlar masalasi bo‘limi
- Yuridik bo‘lim
- Ishlar boshqarmasi
- Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi
- Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshqarmasi
- Xalqaro aloqalar bo‘limi
- Davlat kadastri boshqarmasi
- Davlat kadastrlari yagona tizimi bo‘limi
- Bino va inshootlar davlat kadastri bo‘limi
- Axborot resurslari xavfsizligi va axborotlashtirish bo‘limi
- Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi
- Yer qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va tahlili bo‘limi
- Yer monitoringi va tuproq unumdorligini oshirish bo‘limi
- Yer tuzish boshqarmasi
- Yer munosabatlarini tartibga solish va yer hisobi bo‘limi
- Yer tuzish ishlarini loyihalash ekspertizasi bo‘limi
