Savol javob

SAVOL

Biz ko‘p qavatli uyda turamiz. Pastki qavatdagi qo‘shnimiz temir panjara bilan atrofni o‘rab olgan. Ana shu panjara noqonuniy qurilma hisoblanadimi va uni buzdirib tashlasa bo‘ladimi?

JAVOB

Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkasi umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi hisoblanadi va u yerda qurilmalar qurish mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 91-moddasiga asosan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 553
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing