You are here

Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya boshqarmasi boshlig'i


Ergeshov Ixtiyar Makkambayevich
Telefon: 
+99871 202-56-07
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

 

Funksional vazifalari

  • Davlat geodeziya tarmog‘ini yaratish, rivojlantirish va soz holda tutishni ta‘minlaydi;
  • Davlat ahamiyatidagi va maxsus ahamiyatdagi topografik karta hamda planlar yaratilishini, yangilab borilishini va nashr etilishini ta‘minlaydi. Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining zamonaviy fan hamda texnika yutuqlari asosida, mahsulotni metrologiyalash, standartlashtirish va sertifikatsiyalash qoidalariga muvofiq bajarilishini tashkil qiladi;
  • Kadastr agentligi vakolatlariga kiruvchi geodeziya va kartografiya masalalari bo‘yicha qarorlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Geodeziya va kartografiya sohasidagi normativ-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini tashkilqiladi va bu ishlarda ishtirok etadi;
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarda, bo‘linmalarning zaruriy uskunalarga, dasturiy ta‘minotga va o‘lchash vositalariga bo‘lgan talablarini aniqlash ishlarida ishtirok etadi;
  • Bajariladigan hamda rejalashtiriladigan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining turlari bo‘yicha ma‘lumotlar bankini yuritish va to‘ldirib borish ishiga rahbarlik qiladi, ularning bajarilishi muddatlari va sifatini nazorat qiladi;
  • Agentlik bo‘linmalarida ishlab chiqiladigan, shuningdek boshqa korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan texnik hamda boshqa hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish ishlariga boshchilik qiladi;
  • Topografiya-geodeziya ishlarining bajarilishi sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat geodeziya nazorati inspektsiyasi bilan birgalikda harakat qiladi, ularni dala va kameral tekshiruvlarida hamda qabul qilishda ishtirok etadi;
  • Kartografiyada tahririyat xizmatiga boshchilik qiladi;
  • Kadastr agentligi tizimida chiqariladigan kartografik mahsulotning barcha turlarini yaratishda tahririy ishlarga uslubiy rahbarlik qiladi;
  • Ishlarning perspektiv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlashga tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Topografiya-geodeziya ishlab chiqarishiga oid ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish maqsadida respublika va o‘zga davlatlardagi boshqa idoralarning kartografik xizmatlari bilan ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish aloqalarini amalga oshiradi;
  • Bo‘linmalar tahririyat xizmatlarining ishini mahsulot sifatiga qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida tashkil qiladi;
  • O‘zbekiston respublikasi hududi bo‘yicha 1:25 000 masshtabdagi bazaviy topografik kartaning to‘xtovsiz tuzilib va yangilab borilishini ta‘minlaydi;
  • Yangi kartografik asarlar – O‘zbekiston Respublikasi atlaslari, respublika tematik kartalari va h.k.lar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • Kartografiya ishlarini bajaruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi nizoli masalalar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi; ishlarning ayrim turlari va ob‘ektlari bo‘yicha tahririy rejalar hamda ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
  • “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi kartografik mahsulotining bosishga berilishi va bosmadan chiqarilishiga oid hujjatlarni tekshiradi hamda tasdiqlaydi;
  • Kadastr agentligi vakolatlariga kiruvchi geodeziya va kartografiya masalalari bo‘yicha qarorlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Topografiya-geodeziya ishlab chiqarishi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Biografiyasi

Ergeshov Ixtiyar Makkambayevich - 1975 yil 13 iyulda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti-oliy, muhandis geodezist.

1997 yil Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997 yil “Markaziy aerogeodeziya” davlat unitar korxonasining 223-sonli birlashgan kompleks ekspeditsiyasida muhandis lavozimida boshlagan.

1998-1999 yillarda “Markaziy aerogeodeziya” DUK 223-sonli birlashgan kompleks ekspeditsiyasida bosh muhandis, 1999-2003 yillarda “Markaziy aerogeodeziya” DUK markaziy dala ekspeditsiyasi boshlig‘i, 2003-2012 yillarda “Markaziy aerogeodeziya” DUK direktori, 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Geodeziya va kartografiya bo‘limi boshlig‘i, 2013-2018 yillarda Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

2018 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Kadastr agentligi Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097

 

 

 

Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 509
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing