You are here

Binolar va inshootlar davlat kadastri sho'basi boshlig'i


Agzamov Mirvosil Mirvoxitovich
Telefon: 
+99871 202-56-04
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

 

Funksional vazifalari

  • Bo‘lim ishiga rahbarlik qiladi va ishlarning bajarilishini nazorat qiladi;
  • Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritishni tashkil qiladi;
  • Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil qiladi;
  • Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan axborotning tarkibi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • Bino va inshootlar davlat kadastri axborotini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, yuridik hamda jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlar davlat kadastri axboroti bilan belgilangan tartibda ta‘minlashni tashkil qiladi;
  • Bino va inshootlar davlat kadastri axborotining to‘g‘riligi va ochiqligini ta‘minlashni tashkil qiladi;
  • Hisobot ma‘lumotlarining o‘z vaqtida tuzilishi va belgilangan muddatlarda va tartibda taqdim etib borilishini ta‘minlaydi;
  • Mehnat va ijroiya intizomini mustahkamlash, ichki tartib qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tadbirlarni ta‘minlaydi;
  • Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, bino va inshootlar davlat kadastrini yaratish va yuritishga oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish borasida takliflar kiritadi;
  • Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritishning maxsus qoidalarini belgilashda ishtirok etadi.

 

Biografiyasi

 

Agzamov Mirvosil Mirvaxitovich - 1978 yil 01 avgustda Toshkent shahri Uchtepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti-oliy, Yer tuzish va yer kadastri.

2006 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (bakalavr), tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-1999 yillarda 31-son Qurilish boshqarmasi bo‘yoqchisi, 2000-2005 yillarda Toshkent viloyati binolarni texnik ro‘yxatdan o‘tkazish kadastr byurosi Qibray tumani bo‘limi texnigi, 2005-2010 yillarda Toshkent viloyati  Qibray tumani yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati inspektori, 2010-2013 yillarda Toshkent viloyati Qibray tumani yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati  boshlig‘i, 2013-2015 yillarda Toshkent viloyati Yer tuzish va kuchmas mulk kadastr xizmati bosh muhandisi, 2015 yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Yermulkkadastr” davlat korxonasi rahbari, 2015-2020 fillarda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat kadastri boshqarmasi  bino va inshootlar davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2020 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari boshqarmasi Bino va inshootlar davlat kadastrlari sho‘basi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097

 

 

 

Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 509
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing