Toponimika sohasida amalga oshirilgan ishlar:

Geografik ob’ektlarning nomlari davlat reestrini yuritishda
26 454 ta geografik ob’ekt nomlariga oid takliflar ekspertizadan o‘tkazildi, 13 549 ta ob’ekt nomlari Davlat reestri ro‘yxatiga olindi.
Ma’lumotlar bazasiga navbatchi xarita va ularning formulyarlari, ma’lumotnomaviy, arxivga oid, statistik, tarixiy, ensiklopedik va boshqa rasmiy manbalardan 168 ta nomlarga oid qo‘shimcha ma’lumotlar kiritildi.
Davlat reestri bazasidagi nomlarga oid 8 037 ta o‘zgartirishlar kiritildi.
Hozirda Davlat reestrida 107 889 ta geografik ob’ektlarning nomlari jamlangan.
Shundan:
- 2 864 ta ma’muriy-hududiy birliklar;
- 97 338 ta aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari;
- 1 708 ta transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi ob’ektlari;
- 5 979 ta tabiiy ob’ektlar nomlarini tashkil qilmoqda.