You are here

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi raisining geodeziya, kartografiya va davlat kadastri masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari


Abdullaev To'lqin Mansurovich
Telefon: 
+99871 273-84-46 +99871 202-55-57
Faks: 
+99871 273-86-61
E-mail: 
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi
Fuqarolarni qabul qilish kuni: 
har haftaning chorshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha qo'mita binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

Raisning geodeziya, kartografiya va davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:

 

 

  • Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshqarmasi, Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya, qo‘mitaning halqaro munosabatlar yo‘nalishiga hamda Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi faoliyatiga mutasaddilik qiladi;
  • davlat ahamiyatidagi hamda maxsus ahamiyatdagi Yerni masofadan turib zondlash, geodezik va kartografik faoliyatni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
  • hududiy bo‘linmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • metrologik ta'minotni, ilmiy-tadqiqot, tajriba-texnologiya va tajriba-konstruktorlik ishlarining bajarilishini, Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya, kartografiya sohasiga oid normativ-texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
  • kartografiya-geodeziya davlat kadastrining yuritilishini, davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirishni va yuritishni tashkil qiladi, geografik nomlarning qo‘llanilishini standartlashtirilishini, hisobga olib borilishini va tartibga solinishini ta'minlaydi;
  • davlat ahamiyatidagi hamda maxsus ahamiyatdagi geodeziya va kartografiya ishlarining, shu jumladan davlat geodeziya tarmoqlarini yaratish ishlarining bajarilishini; geoaxborot tizimlari ishlab chiqilishini; Yerni masofadan zondlash va geodinamik tadqiq qilishi; tarmoqlararo ahamiyatdagi topografik karta hamda planlarni, umumgeografik, siyosiy-ma'muriy, ilmiy-ma'lumotnomaviy va boshqa tematik karta hamda atlaslarni, o‘quv kartografik qo‘llanmalarni yaratish, yangilash va nashr etish ishlarini tashkil qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiyalar va demarkatsiyalash ishlarini geodezik, kartografik va gidrografik jihatdan ta'minlashni tashkil qiladi;
  • geodeziya va kartografiya faoliyati litsenziyalanishini tashkil qiladi;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini, fan, mudofaa va aholini geodeziya va kartografiya axborotlari bilan ta'minlashni tashkil qiladi;
  • yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya hamda Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshqarmasi xodimlarining vakolatlari, vazifalari hamda mas'uliyati darajasini belgilaydi;

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 624
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing