Sayhunoboddagi korrupsiya bo‘yicha rasmiy munosabat

Bugun soat 12:05 da  @Zafarbek_Solijonov telegram kanalida Sirdaryo viloyati Sayhunobod tuman kadastr filiali muhandisi S. fuqaro G. ga tumanda shaxsiy uy-joy qurishi uchun 3 sotix yer maydonini auksion orqali olib berishi evaziga 1000 AQSh dollari talab qilganligi, 500 dollarni olganda qo‘lga tushganligi haqida ma'lumot joylandi.

Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

1996 yilda Sayhunobod tumanida tug‘ilgan X.S. 2018 yildan buyon tuman kadastr filiali muhandisi lavozimida faoliyat olib borayotgan bo‘lib, rahbariyat tomonidan korrupsion holatlarni kelib chiqishi oldini olish bo‘yicha olib borayotgan targ‘ibot tashviqot ishlariga qaramasdan fuqaro G.dan 500 dollarni olganda qo‘lga tushgan. 

Hozirda bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari T.Abdullaev zudlik bilan Sirdaryo viloyati yetib bordi va  bo‘lib holatni o‘rganmoqda. 
Bu haqda qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinadi. 

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar! Sizlarga yana bir bor murojaat qilamiz! 
Agarda Siz bizning xizmatlarimizdan foydalanishda muammo yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bizga 1097 ishonch raqami, telegram bot @ygkuzbot va elektron pochta 01@ygk.uz lar orqali xabar bering!
Korrupsiya degan nopok illatga qarshi kurashishda uni oldini olishda bizga yordam bering! 

@Zafarbek_Solijonov Sizga ochiqlik va tezkorlik bilan dolzarb axborotni bergani uchun qo‘mitamiz nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 270
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing