You are here


Xizmat haqida

Mazkur xizmat yordamida foydalanuvchilar uydan chiqmasdan turib, ko‘chmas mulk obyekti uchun kadastr pasportini shakllantirishga buyurtma berishlari yoki qayta shakllantirishlari mumkin.

 

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ko`chmas mulk

 

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Yuridik va jismoniy shaxslar.

 

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi

 

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent sh., Chilonzor-S, Cho'ponota k-si.

 

Telefon: +998 71 202-56-04

 

Faks: +998 71 273-86-61

 

E-mail: info@ygk.uz

 

Veb sayt: www.ygk.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi

 Kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun narxlar:
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda;
Yakka tartibdagi turar-joy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda;
Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi – Bepul;
Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
Noturar Obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

 

   Narxlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 623-son “”Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” qarori bilan o‘rnatilgan.

Natijani olish usullari

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi, shuningdek kadastrning hududiy organlaridan shaxsan kelib olib ketishi mumkin.

Xizmat natijasi

Arizachiga (arizachidan) ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqining yuzaga kelishi (to'xtatilishi, ko'chirilishi) to'g'risidagi yozuvni ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqi Yagona davlat reyestriga kiritish va Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasini taqdim etish.

Rad etish sabablari

  • Ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar)ning tegishliligi to'g'risida kelishmovchilikning yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organda mavjudligi.
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar)ni olib qo'yish to'g'risidagi ma'lumotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organda mavjudligi.
  • Huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayoni to'xtatilganida taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklar bartaraf etilmaganligi.
  • Huquqni yuzaga kelish jarayonini belgilamaydigan hujjatlarni taqdim etilishi.
  • Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni to'xtatilishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 417
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing