YERDAN NOTO‘G‘RI FOYDALANISHNING KARANTINGA TA’SIRI!

Hozirgi kunda yerdan noqonuniy ravishda foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilayotganiga o‘zingiz guvoh bo‘lmoqdasiz.

Yerdan to‘g‘ri foydalanish va xalqimizga kerakli oziq-ovqatni yetkazib berish ayniqsa hozirgi karantin davrida juda muhim ekanligi yaqqol bilindi. Lekin shunga qaramasdan yerlarga hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egalik qilib, qurilishlar qurib olayotganlar hamon uchramoqda.

Joriy yilning 5 mart holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha sug‘oriladigan ya’ni biz xalqimiz uchun hosil oladigan yerlarimizning 8117 gektar yer maydoniga noqonuniy
uy-joy va noturar ob’ektlar qurib olingan. Respublikamizning atiga 9 foizi bo‘lgan ushbu yer turi, nafaqat hozirgi karantin davrida, balki kelajakda ham har bir qarichi biz uchun muhimligini tushunmayotganlar talaygina topilmoqda.

Keling agarda yerdan shu tarzda o‘z manfaatimiz uchun foydalanaversak virusdanda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi xaqida biroz fikr yuritamiz.

1. OZUQAVIY TANQISLIK.

Xo‘p, shu yosinda yerlar o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olinib , noqonuniy qurilishlar, uylar qurilaversa kelajakda qishloq xo‘jaligi yerlari yanada kamayishi tabiiy. Bu degani qishloq xo‘jaligi hosillari kam yetishtiriladi va xalqimiz tabiiy oziq-ovqatdan juda kam miqdorda foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Inson tanasi asosan unumdor yerlarda yetishtirilgan poliz ekinlaridan va turli xil mevalardan hosil bo‘lgan vitaminlar bilan oziqlanadi. Tasavvur qiling, FAQAT TASAVVUR agarda ozuqaviy tanqislik boshlansa albatta kimyoviy tarzda yetishtirilgan mahsulotlarga bo‘lgan extiyoj kuchayadi.

Natijada bizning immunitetimizni mustahkamlash uchun organizmimizga kerakli bo‘lgan vitaminlar, bizku mayli, xonadonimizda o‘zlarining shirin kulgulari bilan o‘ynab yurgan farzandlarimizning kerakli ozuqaviy vitaminlarga bo‘lgan tanqisligi manaman degan viruslardan ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi Sizni havotirga solmayabdimi?

 2. IMPORT ORTISHI VA ICHKI IQTISODIYOTGA TA’SIRI.

Bu paytga kelib tabiiyki yaxshi maxsulotlarni chet eldan olib kelishga bo‘lgan talab kuchayadi va biz o‘zimizda hozirgi paytda dunyoning eng yaxshi mahsulotlari bo‘la turib, o‘sha paytda boshqa davlatdan sotib olishga majbur bo‘lamiz. Albatta bu davlatimizning tashqi xarajatlarini ko‘paytiradi hamda mahsulotlarning bozordagi narxini oshishiga olib kelishi mumkin. Mana bu ham dunyoning eng oldi virusidan xavfli holat bo‘ladi. Iqtisodiy farovonlik bu tinchligimizning eng asosiy omillaridan biri ekanligini ham unutmaslik kerak.

3. TABIIY MAHSULOTLARIMIZNING DUNYO BOZORIDA SINISHI.

Barchamiz bilamiz hozirgi kunda jannatmakon yurtimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlar dunyo bozorining eng oldi o‘rinlarda turadi. Bunga asosiy sabab unumdor yerimiz va dehqon hamda bog‘bonlarning harakatlari natijasidir. Agar yuqorida ta’kidlaganimizdek kelajakda sug‘oriladigan yerlarni shu tarzda pinxona yoki oshkora o‘zboshimchalik bilan egallab olaversak, o‘sha davrga kelib dunyo davlatlarining O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan talabini keskin tushishiga olib keladi. Nega deysizmi? Asosiy sabab xosildor yerlar kamayadi va eng yaxshi mahsulotlar albatta ichki bozorlarda xalqimizda bo‘lsa, qolgan ma’lum bir miqdorda ajratilgan eksport mollarini sifatga ta’siri ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni kamaytiradi va bu albatta bizning qishloq xo‘jaligiga o‘z investitsiyasini kiritmoqchi bo‘lgan chet-ellik hamkorlarni ham yo‘qotishga olib keladi. Ushbu holat ham iqtisodiyotning yana bir qattiq zarbasiga olib kelishi mumkin.

XULOSA O‘ZINGIZDAN

Bir qarich yerdan noto‘g‘ri foydalanib uy qurishning yoki boshqa maqsadda foydalanishning iqtisodiyotga va tinch farovon xalqimizga bo‘lgan zararini bizningcha o‘zingiz xis ettib ko‘rdingiz. Axir bu yurtimizga qolaversa bizga shuncha imkoniyatlar yartib berayotgan yurtboshimizga bo‘lgan xiyonat emasmi?! Bolamiz uchun, farzandlarim rohati uchun deymizu, farzandimizni bir burda nonga zor bo‘lib o‘tirishini ko‘rishga hech qaysi vatandoshimizning yuragi dosh bera olmaydi.

Shukur qilaylik yurtimizda eng sara mahsulotlarning barchasi bor, ro‘zg‘orimiz but.

"Birovni yerini tortib olishibdi", "odamlar ko‘chada qolibdi" degan gaplar ko‘p qulog‘imizga chalinadi. Biroq koronavirus degan kasallik insonlar sog‘lig‘iga raxna solganida kim uy-joyini o‘yladi. Aksincha bozorlar gavjum bo‘lib oziq-ovqatni g‘amlashga tushmadikmi?

Xo‘sh 50-100 yildan keyin "oziq-ovqat tanqisligi uchun odamlar och qolibdi", "go‘shtning narxi 450 ming so‘m bo‘libdi" va shunga o‘xshash gaplarni qanday hazm qilamiz.

Aziz vatandoshlar yerlardan oqilona foydalanishga e’tiborli bo‘laylik, kelajak avlodga bizdanda yaxshi yashashlari uchun, bundanda yaxshi sug‘oriladigan yerlarni yetkazaylik.

Oila a’zolarimiz va farzandlarimiz ko‘zidagi quvonchni, baxtni, tinchlik shukuhini egrilik bilan orttirilgan molu-davlatga alishmaylik.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 1160
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing