Toshkentning 12 darvozasining 12 ta kaliti

Toshkentning 12 darvozasining alohida ramziy 12 ta kaliti bo‘lgan. Har bir kalitda darvoza nomi va kalit yasalgan yil yozilgan. Toshkent 1865 yili iyun oyida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin, Chor hukumatiga tobelik ramzi sifatida 12 ta darvozaning 12 ta ramziy oltin kalitlari shoshilinch ravishda yasalib, Chor ma’murlariga topshirilgan va u kalitlar Peterburgga olib ketilib, harbiy muzeyda saqlangan. Kalitlar haqiqiy temir kalitlardan ancha kichik bo‘lgan (uzunligi 16 sm, vazni 165–167 gramm). Ular Toshkentning Pichoqchilik mahallasida yashovchi Abdurahmon ismli zargar tomonidan yasalgan. Kalitlar Peterburgda 1917 yilgacha Rossiya imperiyasiga, undan keyin sovetlar hukumatiga tobelik sifatida saqlanib kelindi. 1933 yil 14 iyunda O‘zbekistonga qaytarilgan. Ulardan biri O‘zbekiston tarixi muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yilgan, qolgan 11 tasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida saqlanmoqda.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 916
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing