RASMIY BAYONOT Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinsoyda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalganligi yuzasidan

Prokuratura organlari tomonidan yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha monitoring o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan monitoring davomida “Oq-oltin manzarasi” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta va g‘allaga mo‘ljallangan ekin yer maydonining jami 0.39 gektari 6 nafar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olinganligi, 235.35 kv.m. maydonida esa yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan uy-joy binolari qurib olinganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha 2020 yil 8 fevral kuni ishchi guruh a’zolari: tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi boshlig‘i va boshqalar tomonidan noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga ushbu yer maydoni fermer xo‘jaligi tasarrufida ekanligi ma’lum qilinib, fuqarolarning o‘z hisoblaridan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarini buzib olishlarini va ularga boshqa manzildan uy qurishlari uchun yer berilishi haqida tushuntirib o‘tilgan.

Noqonuniy ravishda qurilish qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan ularga o‘zlari hisobidan binolarni buzib olishlari uchun 2 kun muddat berilgan.

2020 yil 14 fevral kuni ishchi guruh a’zolari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga borib ko‘rilganida, 3 nafar fuqarolar o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyga yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan bo‘lsada, ko‘chib kirib olganligi aniqlangan.

Ishchi guruh tomonidan noqonuniy qurilgan uy-joylarni buzib olishlari tushuntirilganida, avvaldan to‘planib turgan fuqarolar hokimiyat vakili va IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatishgan.

Noqonuniy qurilgan uylarni buzishni imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ishchi guruh a’zolari ortlariga qaytib ketishgan.

Shu kuni soat 15:00 lar chamasida ishchi guruh tomonidan yuqoridagi manzilga borilganda yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoshlari qo‘llarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqishgan. Ushbu holatda jamoat tinchligini saqlash va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan. Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qo‘llaridagi narsalar bilan tashlanib ketishgan. Noqonuniy ravishda qurilgan uy-joylar ishchi guruh tomonidan buzililishi imkoni bo‘lmagan.

Ushbu jarayonda 2 nafar tuman IIB xodimlari hamda 1 nafar fuqaro tan jaroxati olishgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 885
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing