Yer uchastkalari va bino-inshootlarning bozor narxiga yaqin kadastr bahosini aniqlash instituti joriy etiladi

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasining faoliyatini tubdan takomillashtirish, noqishloq xo‘jaligi yer uchastkalari va bino-inshootlarning bozor narxiga yaqin kadastr bahosini aniqlash institutini joriy etish mo‘ljallanmoqda

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 mayga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Loyihada:

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish;

“Ko‘chmas mulk ob’ektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;

avtomatlashtirilgan raqamli axborot tizimini joriy etish;

yerga oid qonunbuzilishlarni o‘z vaqtida oldini olish uchun qo‘shimcha shtat birligini tashkil etish;

qo‘mitani moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

ko‘chmas mulkni ommaviy shakllantirish va baholash metodologiyasini ishlab chiqish;

ko‘chmas mulkning ommaviy shakllanishi bo‘yicha dastlabki elektron kartografik ma’lumotlar to‘plami shakllantirish;

ko‘chmas mulkni ommaviy baholash ishlarni tashkil etish bo‘yicha yagona bazada ma’lumotlar to‘plamini tizimlashtirish;

shaffof mexanizm joriy etgan holda ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr bahosini yangi elektron tizimga o‘tkazish;

ko‘chmas mulkning kadastr bahosini aniqlash uchun Internet tarmog‘i orqali buyurtma berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlarda:

davlat kadastrlari ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash va kadastr ma’lumotlarini yangilab borish maqsadida davlat kadastrlari tizimi fazoviy ma’lumotlar geoportallarini yaratish;

davlat kadastrlarini yurituvchi vazirliklar tomonidan ochiq fazoviy ma’lumotlarni davlat kadastrlari tizimi bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

interaktiv kadastr xaritalarini yaratish va foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘ida metama’lumotlar tizimini yaratish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - “Davergeodezkdastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar hokimligi.

 

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 879
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing