Tadbirkorlarga bo’sh yerlar bo’yicha ma’lumot kiritish imkoniyati yaratildi

Bugun 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “Tadbirkorlarga bo’sh yerlar bo’yicha ma’lumot kiritish imkoniyati yaratildi” mavzusidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Davyergeodezkadastr qo'mitasi raisi A.Abdullayev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi
PQ-4427-son qarori ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to'g'risida ma'lumot berib o`tdi.

photo_2020-01-23_15-51-23_2.jpg

Kun tartibiga muvofiq Geoinfokom DUK rahbari Xusan Isayev “e-kadastr.uz - bo'sh yer uchastkalari xaritasi va undan foydalanish tartibi to’g’risida” taqdimoti bo`lib o`tdi. Jismoniy va yuridik shaxslarga aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish ob'yekti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirishga takliflar kiritish huquqi bo‘yicha qo‘shimcha modul ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu modul e-kadastr.uz manzilida joylashtirilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan e-kadastr.uz manzili orqali yuborilgan arizalar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining avtomatlashgan I-Intizom tizimiga kelib tushadi. Yer uchastkasini tanlash materiallari “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish bo‘limlari bilan hamkorlikda tayyorlanadi.

photo_2020-01-23_15-51-22.jpg

Geoinfokom DUK rahbari Xusan Isayev

Shu qatorda TopContact kompaniyasi rahbari Anna Fayzullayeva – 2019 yilda Call center 1097 qisqa raqamiga kelib tushgan qo’ng’iroqlar va qayta aloqaga chiqish natijalari to’g’risida xisobot berib o`tdi.

2019 yil davomida Qo`mitaning 1097 ishonch raqamiga 12603 ta qo`ng`iroq kelib tushgan, shulardan 11462 (90.9%) da ma`lumot so`ralgan, 263 ta murojaatlar kelib tushgan. Asosiy kelib tushgan murojaatlar (33.7%) yer qonunchiligi bilan bog`liq.

TopContact kompaniyasi rahbari Anna Fayzullayeva

Shu bilan birga matbuot anjumani davomida OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

photo_2020-01-23_15-51-23.jpg

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 275
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing