Hurmatli OAV vakillari hamda blogerlar!

23-yanvar kuni soat 11:00 da O’zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi PQ-4427-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tadi. 

Matbuot anjumanida qo’mita raisi, rais o’rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishi ko’zda tutilgan.

Sizni ushbu tadbirda o’z savollaringiz bilan ishtirok etishga taklif qilamiz. 

Batafsil ma’lumotlarni quyida keltirilgan telefon raqamlarga qo’ng’iroq qilib olishingiz va ishtirokingizni tasdiqlatishingiz mumkin:
+998 97-480-30-08 (Aziza Mingbayeva)

Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko’chasi 30 uy. 
23 yanvar soat 11-00 da.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 694
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing