Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A
  • 29.10.2018
    O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Davergeodezkadastr) joriy yilning 22-25 oktabr kunlari Samarqand va Toshkent shaharlarida Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida davlat xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni taqdim etdi. Tadbirlarda Davergeodezkadastr vakillari, vazirlik va muassasalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy o‘quv yurtlari, xalqaro moliya institutlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, notariuslar, xususiy sektor, shu jumladan geodeziya va baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi...
  • 26.10.2018
    2018 yil 24 oktyabr kuni Davyergeodezkadastr qo'mitasida Belarus va Tojikiston mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Belarussiyaning “Belgiprozem loyihalash instituti” mutaxassislari hamda Tojikiston Respublikasining “Tojikzaminsoz” va “Sugzaminsoz” DUK mutaxassislari qatnashdi. Uchrashuv qatnashchilari uch mamlakat o'rtasida yer tuzish sohasidagi tajriba almashish bo'yicha o'zaro fikr almashdilar. Yer resurslaridan oqilona foydalanish O'zbekiston, Tojikiston va Belarus uchun eng muhim iqtisodiy omil hisoblanadi. Uchrashuvda shuningdek geografik axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi, bu yer resurslarini monitoring qilish va baholash uchun...
  • 24.10.2018
    O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (Davergeodezkadastr) jurnalistlar o'rtasida “Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash” (KMRKTM) loyihasi, KMRKTM ning maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko'riladigan foyda” mavzusida tanlov e'lon qiladi. Mazkur tanlovni o'tkazishdan maqsad, jamoatchilik diqqatini eng dolzarb ijtimoiy masalalarga qaratish va KMRKTM loyihasining ijobiy amaliyoti va jihatlarini keng yoritishdan iboratdir. Asosiy vazifa – KMRKM loyihasining davlat va fuqarolar uchun ijobiy ta'sirini keng yoritish va targ'ibot...
  • 23.10.2018
    20 oktyabr kuni Davyergeodezkadastr qo`mitasida Yerni masofadan zondlash ma'lumotlarini va yuqori aniqlikdagi navigatsiya tizimlarini qo'llash bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi yer resurslar, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi va «Milliy kompaniya «Қазақстан Ғарыш Сапары» AJ hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi.  Ushbu memorandum doirasida tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdalar: -  kosmik tadqiqot va izlanishlar, texnologiyalar va ularni tadbiq qilish; -  geoservis va geomahsulot ko`rinishida Yerni masofadan zondlash natijalarini tahlil qilish, yangilash; -...
  • 03.10.2018
    Uchrashuvdan maqsad Jahon bankining O'zbekistondagi o'rta shaharlarni kompleks rivojlantirish rejasini batafsil muhokama qilish edi. Mazkur loyiha O'zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatini oshirish, shuningdek, aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgandir. Yaqin kelajakda Jahon banki uchta shaharni rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha pilot loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bular Kogon, Chortoq va Yangiyo'l shaharlaridir. Jahon banki vakillari mazkur loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi uchun ushbu shaharlarning kartografik materiallari talab etilishini ta'kidlab o'tdilar. «Bunday ma'lumotlarning taqdim etilishi ushbu soxada eng...
  • 30.09.2018
    28 sentyabr kuni Xorazm viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda Yer tuzish va ko'chmas mulk davlat korxonasining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g'isht qo'yildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi, viloyat xokimi o'rinbosari, diniy idora vakillari hamda boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Yangi bino yangi standartlar asosida 3 qavatli qilib qurilishi rejalashtirilgan bo'lib, binoni 2019 yil may oyida topshirish ko'zda tutilmoqda.
  • 28.09.2018
    Davyergeodezkadastr qo‘mitasida rais o‘rinbosari Sherzod Habibullaev va “Yandex” kompaniyasining O‘zbekistondagi hududiy direktori Yevgeniy Lukyanchikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Yandex” kompaniyasi joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonning yo‘lovchi tashish bozoriga kirib, Toshkentdagi rasmiy faoliyatini boshladi. O‘zbekiston ushbu servis yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarning to‘qqizinchisi hisoblanadi. Yandex.Taksi – bu dispetcherga qo‘ng‘iroq qilmagan holda rasmiy taksini chaqirib, buyurtma bajarilishini xaritada kuzatish imkoniyatini beruvchi xalqaro servis. “Yandex” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining onlayn xaritalarini tuzish uchun ma’lumotlar almashinuvi bo...
  • 20.09.2018
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyulda tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun 2018 yilning II yarimyilligi doirasida sayyor qabullar tashkillashtirish grafigiga muvofiq joriy yil 28 sentabr sanasida “Davergeodezkadastr” Qo‘mitasi raisi Abdullaev Abdushukur Xamidovich ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul tashkillashtirilishini ma’lum qilamiz. Shu maqsadda, agar Sizda Qo‘mita tizimini tashkillashtirish yuzasidan muammolar va savollaringiz mavjud bo‘lsa, 2018 yil 28 sentabr soat 11:00 da Beruniy tuman hokimiyati majlislar zaliga tashrif buyurishingiz...
  • 15.09.2018
    Жорий йилнинг 14-сентабр куни Давергеодезкадастр раиси ўринбосари Шерзод Хабибуллаев Жахон Банкининг ер сиёсати бўйича катта мутахассиси Кис Беллни қабул қилди. Учрашувда «Aykan-Invest» компаниясининг бош директори Гулчехра Насирлаева ва жамоатчилик билан алоқалар ва коммуникациялар бўйича директори Наира Тошхўжаевалар хам иштирок этишди. Ушбу учрашув Жахон банки томонидан молиялаштирилаётган "Кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш ва кадастр тизимларини модернизациялаш” лойиҳаси доирасида ўтказилди. Йиғилиш иштирокчилари 22 октябр куни Самарқандда бўлиб ўтадиган давра сухбати хамда шу йилнинг 25 октябрида Тошкентда бўлиб ўтадиган семинарга тайергарлик жараёнини мухокама этишди.
  • 14.09.2018
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 4 iyul kuni "Davgeodezkadastr" qo'mitasi rahbariyatining 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul kunlari o'tkazish to'g'risidagi reja grafigi tasdiqlangan. Grafikka asosan, "Davergeodezkadastr" qumitasi raisining birinchi o'rinbosari Abdullaev To'lqin Mansurovich joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 10:00 da Namangan viloyat Kosonsoy tumani xokimligi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o'tkazadi. Mazkur uchrashuvda jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlari ajratish,...

Pages

Foydali resurslar