Ko'chmas mulk ob'ekti (uy-joy, noturar joy, er uchastkasi)ga kadastr hujjatlarini qanday rasmiylashtirish mumkin va nima turdagi hujjatlar talab etiladi?

Sizning ko'chmas mulk ob'ektingiz joylashgan hududdagi “Yergeodezkadastr” Davlat qo'mitasining tuman (shahar) “Yermulkkadastr” Davlat korxonasiga murojaat etishingiz talab etiladi. Sizga tegishli ob'ektga bo'lgan huquqingizni tasdiqlovchi (oldi-sotdi, xadya shartnomasi, hokim qarori, xususiylashtirilganlik to'g'risidagi davlat orderi, meros guvoxnomasi va boshqalar)ni kadastr xizmatlarini ko'rsatuvchi davlat korxonasi “Bir oyna” bo'limiga taqdim etishingiz lozim. Qo'shimcha ma'lumotlar internetdagi ygk.uz saytida mavjud.

Qurilishi bitkazilgan yoki rekonstruktsiya qilingan (qayta ta'mirlangan) uy-joyga kadastr hujjatlari (kadastr yig'ma jildi)ni qancha muddatda tayyorlanadi?

Yer uchastkasiga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilgan er uchastkasida uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruktsiya qilish tugallangandan keyin yuridik va jismoniy shaxsning arizasiga asosan tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi o'n besh kun muddat ichida uy-joyni texnik inventarizatsiya qiladi va belgilangan tartibda kadastr yig'majildini tayyorlaydi.

Uy-joyga kadastr hujjatlari (yig'ma jild) tayyorlashda qaysi hujjatga muvofiq va qancha pul miqdori to'lovlari olinadi?

Kadastr yig'majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo'yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qishloq joylarda qurilish osti maydoni 100 kv.metrgacha bo'lgan xonadonga xar bir kvadrat metr uchun minimal ish haqqining 1% miqdorida, 100kv.metrdan yuqorisiga bir minimal ish xaqqi miqdorida belgilanadi. Shahar va shaharga tenglashtirilgan M.F.Yig'inlarida xar bir kv.metr maydoniga minimal ish haqqining 1% miqdorida belgilanadi. To'lov “Bir oyna” bo'limi tomonidan taqdim etilgan to'lov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Kadastr hujjati (yig‘ma jildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda kadastr hujjatlarni tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?

Yer uchastkasiga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilgan er uchastkasida uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruktsiya qilish tugallangandan keyin yuridik va jismoniy shaxsning arizasiga asosan tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi o'n besh kun muddat ichida uy-joyni texnik inventarizatsiya qiladi va belgilangan tartibda kadastr yig'majildini tayyorlaydi.Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.

Qo‘rilishi tugallanmagan uy-joyimni boshqa shaxsga oldi-sotdi qilish uchun nima qilishim kerak?

Tuman (shahar) xokimiyatga murojaat etib, hokimiyatning qurilmani boshqa shasxga begonalashtirish uchun tegishli ruxsati (qaror)ni olgandan sung kadastr korxonalariga murojat etib, ushbu qurilish tugallanmagan ob’ektga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va notarius idorasi orqali oldi sotdi shartnomasi rasmiylashtirilishi mumkin.

Qurilishi tugallanmagan uy-joy davlat ruyxatidan o‘tkazilib guvoxnoma beriladimi?

Davlat ro‘yxatidan qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar o‘tkaziladi. Qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va boshqa bino va inshootlarga kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ruyxatidan o‘tkaziladimi?

O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar (bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno) shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman “Yermulkkadastr” DKga borganimda xodimlari kadastr hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirmaganim sababli jarima to‘lashimni ta’kidlamoqda. Shu to‘g‘rimi?

Fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmasligi, -eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksnig 160-moddasi)

Sotib olingan ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquq qancha muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib guvoxnoma beriladi?

Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ushbu huquqni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.

Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun yer uchastkasini olish masalasida yer bo‘limiga murojaat etishim mumkinmi?

Fuqarolarga fermer xo‘jaliklarini tashkil etish uchun tanlov asosida yer uchastkalarini berish, tuman hokimliklari huzuridagi yer berish komissiyalari tomonidan qonunda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Sizga bu masalada tuman hokimi nomiga ariza bilan murojaat etish lozimligi tavsiya etiladi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 795
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing