Davyergeodezkadastr qo`mitasi raisi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 28-29 noyabr kunlari "Davyergeodezkadastr" qo‘mitasi raisi Abdullayev Abdushukur Hamidovich Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifning birinchi kunida Xatirchi tumani hokimligi binosida qo`mita qaisi boshchiligida Navoiy viloyati Yer resusrlari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i J.Boliyev tuman hokimi G‘.Aliyev, tuman Yer resurslari bo‘limi hududga biriktirilgan yer tuzuvchi mutaxassislar hamda "Yermulkkadastr" DK filial rahbar va barcha xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida yerdan samarali va oqilona foydalanish, yer nazoratini kuchaytirish, bo‘limda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga yordamchi dehqon xo‘jaliklari tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, tuman bo‘limlariga yer ajratilib bino qurish kabi masalalar haqida so‘z bordi.

Tashrifning ikkinchi kunida A.Abdullayev raisligida Navoiy viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Navoiy viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i J.Boliyev, viloyat "Yermulkkadastr" davlat korxonasi rahbari M.Nosirov, "Navvilerloyiha" Navoiy bo‘limi rahbari A.Shovqiyev hamda tuman va shahar bo‘lim va filial rahbarlari ishtirok etishdi.

Ushbu yig‘ilishda Yerdan samarali va oqilona foydalanish, yer nazoratini kuchaytirish, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko‘rish maqsadida har xaftalik o‘qishlar tashkil etish, tuman (shahar) bo‘limlari raxbarlarining to‘liq bo‘lmagan (0.25 va 0.5) shtat birligida ishlab kelayotganligi muammosini hal etish va to‘liq bir shtat birligi va qo‘shimcha shtatlar ajratish, bo‘limda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga yordamchi dehqon xo‘jaliklari tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish choralarini ko‘rish va boshqa masalalar kun tartibidan joy oldi. Har bir tuman (shahar) bo‘limi va filial rahbarlaridan mavjud muammolari va tizim faoliyatini yanada yaxshilashda xizmat qiladigan takliflari birma-bir tinglanib, mavjud muammolarni joyida zudlik bilan hal etish choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi.

2_7.png

1_5.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing