GEODEZIYACHI VA KARTOGRAFLARGA LITSENZIYA BERISH SODDALASHDI

Hukumatning 2019 yil 21-noyabrdagi 927-son qarori bilan “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subektning shtatida tegishli ma'lumotga ega bo‘lgan ishchilarga doir litsenziya talablariga tuzatish kiritildi. Endi ularning litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha minimal ish staji uch emas, balki ikki yil bo‘lishi lozim. 

Ikkinchidan, litsenziya rasmiyldashtirishning yakuniy bosqichini tezlashdi. Davlat bojini to‘lash va litsenziya shartnomasini imzolaganidan keyin, litsenziya talabgori litsenziyani avvalgidek uch kun emas, endi bir kun ichida oladi. 

Uchinchidan, agar litsenziyalar talablari va shartlari buzilganligi aniqlansa, litsenziatlarni rejadan tashqari tekshirishlari Dayergeodezkadastr qo‘mitasining vakolatlaridan chiqarildi. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlariga muvofiq faqat rejali tekshirishlarni o‘tkazishga haqlidir.

Qaror 2019 yil 22 noyabrda kuchga kirdi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing