Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2019y. 951-son qaroriga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan yer solig‘i, yagona yer solig‘ini to‘lash muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda to‘lashga imkon bermaydigan yuridik shaxslar uchun uzaytirilishi;

Soliq to‘lashning muddatini uzaytirish 1 oydan 24 oygacha muddatga, soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan qo‘llanishi;

Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Hujjatning to‘liq matni bilan lex.uz sayti orqali  tanishishingiz mumkin.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing