Geodeziya, kartografiya, yer tuzish, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida O‘zbek-Tojik hamkorligi komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi yakunlandi

Joriy yilning 21 noyabr kuni Geodeziya, kartografiya, yer tuzish, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida O‘zbek-Tojik hamkorligi komissiyasining ikkinchi yig`ilishi o`z yakuniga yetdi. 

Tojikiston delegatsiyasi tashrifi davomida o'zaro hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, tomonlarning o'zaro hamkorlik yo`nalishlarini kengaytirish va mustahkamlash, teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida har bir mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq milliy yer resurslarini samarali boshqarish, geodeziya, kartografiya va yerni masofadan turib zondlash yo`nalishlari bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish maqsadida reja-dasturi hamda bayonnoma imzolandi. 

Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari quyidagicha belgilandi:

 - mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

- Geodeziya, kartografiya, kadastr va yer tuzish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun mutaxassislarni almashtirish.

- O`zaro aerokosmik va boshqa tasvirlarni olib borish, shu jumladan huquqiyiy xujjatlar kesimida uchuvchisiz uchish apparatlarini tadbiq etish. 

Tomonlar navbatdagi  Geodeziya, kartografiya, yer tuzish, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida O‘zbek-Tojik hamkorligi komissiyasining yig`ilishi Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tishi kelishildi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing