Kitob tumanidagi muammo o‘rganildi

Joriy yilning 1 noyabr sanasida O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining rasmiy saytida e'lon qilingan "Qabriston uchun yer ajratilmayapti. Kitobdagi yechimini kutayotgan muammo" nomli maqolasi yuzasidan Davyergeodezkadastr qo‘mitasi o‘rganish olib bordi va quyidagilar aniqlandi:

Kitob tuman Yer resurslari va Davlat kadastri bo‘limi “Tevaboshi” MFY hududidagi Tuyaboshi va Katlos MFY hududidagi Toshqishloq, Guzarnafas va Tuyul qishloqlari aholisiga yangi qabriston uchun yer ajratish masalasi bo‘yicha o‘rganib quyidagilarni bildiradi.

Dastlab Kitob tumani hokimligiga sobiq “Tagob” QFY (xozirgi “Tevaboshi” MFY) raisi S.Ahmedov tomonidan xat bilan murojaat qilinib hududidagi Tuyaboshi, Toshqishloq, Xunarmand, Tuyul va Guzarnafas qishloqlari aholisiga yangi qabriston qurish uchun yer ajratilishi so‘ralgan.

Tuman Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasi ushbu marojaatga asosan “Palandara” massivining 57q-konturida joylashgan yaylov yer uchastkasidan 3,0 gektar yer ajratish haqida tuman hokimining qaror loyihasini tayyorlab, tasdiqlayotgan vaqtda “Tevaboshi” MFY hududidagi Oshkon va Sumak qishloqlari aholisi tomonidan bir necha marta tuman va viloyat hokimligiga shikoyat arizasi berilib, qabriston uchun ajratilayotgan 57k-konturdagi yaylov yer uchastkasiga norozilik bildirilgan.

Shunga ko‘ra, tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasi “Tevaboshi” MFY ma'muriyati va Oshqon Sumak qishloqlarida yashovchi aholini talablarini inobatga olib, qabriston qilish uchun 57q-konturidan 3,0 gektar yaylov yer uchastkasi ajratishni lozim topilmagan.

Hozirgi kunda “Tevaboshi” MFY hududidagi Tuyaboshi va Katlos MFY hududidagi Toshqishloq, Guzarnafas va Tuyul qishloqlari aholisiga yangi qabriston uchun tuman zaxira fondida turgan “Palandara” massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 86q-konturidagi 3,0 gektar yaylov yer uchastkasi ajratib berish taklifi berilgan.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 657
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing