Sariosiyodagi yer ajratishdagi qonun buzulishlariga Davyergeodezkadastr qoʼmitasi hamda uning tizim tashkilotlari hayrihox emas!

Davyergeodezkadastr qoʼmitasi Facebook ijtimoiy tarmogʼi orqali eʼlon qilingan “Sariosiyo tumanidagi aniqlangan noqonuniy ishlar nega tinchib ketdi...” sarlavhasi bilan eʼlon qilingan postga oʼz munosabatini bildiradi. 

Davyergeodezkadastr qoʼmitasi hamda uning tizim tashkilotlari Yer qonun buzilishi va yerlarning talon-taroj qilinishiga hayrihox emas!

Sariosiyo tumanida hokim tomonidan yer ajratishda qonun buzilishlariga yoʼl qoʼyilayotganligi va bu holatlarni bartaraf etish boʼyicha dastlab Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan tashabbus koʼrsatilgan. 

Shunga koʼra 4 iyul sanasida Surxondaryo viloyati hokimi topshirigʼi bilan ishchi guruh tuzilib, oʼrganish ishlari olib borilgan va Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan Sariosiyo tuman hokimi nomiga 2019 yil 7 iyul sanasida №01-19/09-son taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnomada:

- tuman hokimi tomonidan 159 ta jismoniy va yuridik shaxslarga, yer ajratish tuman hokimining vakolatiga kirmaydigan, balki viloyat hokimi vakolatida boʼlgan 726.9 gektar sugʼoriladigan ekin yer maydonlari qonunga zid ravishda bogʼ, issikxona va boshqa maqsadlar uchun ajratilganligi;

- qishloq xoʼjaligi yerlaridan 20.4 gektar suvli yer maydoni qonunga zid ravishda tuman hokimining 21 ta qarori bilan tadbirkorlarga qurilish maqsadlari uchun ajratilib, davlatga 3 mlrd soʼmdan ortiq zarar yetkazilgani;

- Sariosiyo tumani hokimi tomonidan sugʼoriladigan ekin yer maydonlaridan fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga dehqon xoʼjaligi yuritish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari ajratish toʼgʼrisida qabul qilingan qarorlarida Oʼzbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 5, 6, 7, 36, 45, 55, 57, 85, 87, 90, 91-moddalariga amal qilinmaganligi;

- Sariosiyo tumani hokimi tomonidan noqonuniy, vakolat doirasiga kirmaydigan qarorlarni qabul qilishi orqali davlatga 30 mlrd soʼmdan ortiq zarar keltirilgan taʼkidlangan.

 

Bundan tashqari, aniqlangan yer qonun buzilish holatlari boʼyicha toʼplangan hujjatlar Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasiga yuborilgan va shu asosda fuqarolarga yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan dehqon xoʼjaligi yuritish uchun 71 ta holatda 27.1 gektar, bogʼ barpo etish uchun 77 ta holatda 479.1 gektar, korxona va tashkilotlarga yordamchi xoʼjalik yuritish uchun, 10 ta holatda 

104 gektar va issiqxona tashkil etish uchun 11 holatda 8.6 gektar yer maydonlari ajratilganlik holatlari boʼyicha Sariosiyo tuman hokimi nomiga 169 ta qarorini bekor qilish va 618.8 gektar yer maydonini qaytarish boʼyicha tuman prokuraturasi tomonidan protest kiritilgan.

Sariosiyo tuman hokimining tegishli qarorlari bilan protestlar qanoatlantirilib, yer maydonlar fermer xoʼjaliklariga qaytarilgan va noqonuniy yer ajratish holatlari bartaraf etilgan.

Ushbu holat boʼyicha Davyergeodezkadastr qoʼmitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʼz vakolatlari doirasida bajarilishi kerak boʼlgan vazifalar bajarilgan.

Bugungi kunda viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan tumanning qishloq xoʼjaligida moʼljallangan yerlardan foydalanish holati muntazam monitoring qilib boriladi va nazorat ishlari kuchaytirilgan. 

Davyergeodezkadastr qoʼmitasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ushbu va shunga oʼxshash holatlar boʼyicha maʼlumot berganligi uchun oʼz minnatdorchiligini bildiradi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 655
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing