InnoWeek-2019

2019 yil 29 oktabr kuni Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma majmuasida InnoWeek-2019 Innovatsion gʻoyalar haftaligi boshlandi. Davyegeodezkadastr qo‘mitasi va Geoinnovatsiya markazi hamkorligidagi “Raqamli kadastr” markazi mutaxassislari o‘zlarining bir qator innovatsion gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ushbu tadbirda mahalliy va xorijiy tadqiqot va innovatsion markazlar, investitsiya jamgʻarmalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes-inkubatorlar vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro innovatsion-investitsion Forum doirasida quyidagi mavzularda seminarlar bo‘lib o‘tadi:

- Global innovatsiyalar indeksida O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish.

- Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan innovatsion yechimlar.

- Sunʼiy intellekt: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida.

Eslatib oʻtamiz, InnoWeek-2019 Innovatsion gʻoyalar haftaligi joriy yilning 31 oktabr kuniga qadar davom etadi.

 

photo_2019-10-29_12-12-08.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 657
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing