Milliy Kadastr agentligi va Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Milliy markazi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida Kelishuv imzolandi

Bugun, 15 oktyabr kuni Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Milliy markazida Belorusiya Respublikasining Milliy Kadastr agentligi Bosh direktori A. Filipenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bunda tomonlar kelgusidagi hamkorlikning quyidagi yo'nalishlari bo'yicha tajriba almashish strategiyasi muhokama qilindi:
- ko'chmas mulkni ommaviy baholash usullari;
- ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olishni takomillashtirish;
- davlat kadastr xaritalari ochiqligi bo‘yicha Belarusiya tajribasini o'rganish;
- elektron inventarizatsiya xizmatlarini ko'rsatish va ko'chmas mulkni texnik inventarizatsiyalash sohasida xizmatlarni taqdim etish bo'yicha tajriba almashish.
Uchrashuv yakunida Milliy Kadastr agentligi va Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Milliy markazi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida Kelishuv imzolandi.

photo_2019-10-15_12-24-34_2.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing