“SABR AGRO INVEST PLUS” oilaviy korxonasi rahbari J.D.Adilovning FACEBOOK ijtimoiy tarmog‘i “Xalq nazorati” guruhida chop etilgan maqolasi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan, J.D.Adilovning FACEBOOK ijtimoiy tarmog‘i “Xalq nazorati” guruhida chop etilgan “Korxonaga bormay va uning bankdagi oborotkasini ko‘rmay turib, uning ishlamayotganligini kim fol ochdi!?” nomli maqolasi yuzasidan fuqaro J.Adilov ishtirokida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, “SABR AGRO INVEST PLUS” oilaviy korxonasiga tegishli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chorbog‘ ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan noturar joy ob'yekti Toshkent shahar hokimining 14.08.2019 yildagi 01-426-sonli Toshkent shahrida foydalanilmayotgan ob'yektlardan samarali foydalanish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining Xulosasiga muvofiq foydalanilmayotgan ob'yekt deb topilgan.

Lekin korxona tomonidan ushbu masala to‘liq o‘rganib chiqilganda, korxona tomonidan mazkur ob'yekt yuzasidan berilgan Anketa-ma'lumotnomada ob'yekt haqida to‘liq ma'lumotlar taqdim etilgan bo‘lib, ob'yekt to‘liq 100% foydalanishda ekanligi ko‘rsatilgan.

Fuqaro J.D.Adilov bilan ushbu masalada o‘tkazilgan suxbat jarayonida kadastr korxonasiga e'tirozi yo‘qligi bildirildi.

3_15.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 588
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing