O‘ZBEKISTON-TURKMANISTON DAVLAT CHEGARASINI DEMARKATSIYA QILISH BO‘YICHA MUZOKARALAR TO‘G‘RISIDA

2019 yilning 30 sentabr – 6 oktabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomonlar demarkatsiyaning me’yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, o’zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari - O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5 sonli korxonasi rahbari Mamed Mamedov tegishli Bayonnoma imzoladilar.

Manbaa: O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 590
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing