Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik

Joriy yilning 5 sentabr sanasida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining  sobiq  boshlig‘i A.Mirzakarimov bilan bog‘lik korrupsion holat to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan edi.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qiladiki, Farg‘ona viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan joylarda bir necha bor yig‘ilishlarda, xodimlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilganida har bir xodim, u rahbar bo‘ladimi, oddiy mutaxassis bo‘ladimi ish faoliyati davomida noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmasligini, to‘g‘ri va halol ishlash kerakligi, eng ayanchli holat sanalgan “Korrupsiya”ga qo‘l urmasligi doimo ta’kidlab o‘tilib, tushuntirish ishlari amalga oshirib kelingan. Ushbu xususida har bir rahbardan,  mutaxassis xodimlardan, xususan A.Mirzakarimovdan ham tilxatlar olingan. Ming afsuslar bo‘lsinki shuncha say-harakatlarga qaramasdan A.Mirzakarimov xizmat vazifasidan chetga chiqqan holda ushbu noqonuniy holatni sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xulosalar chiqargan holda A.Mirzakarimovni viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining 2019 yil 19 apreldagi 32-X sonli buyrug‘i bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Qo‘mita tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan,

Korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamsining 29.12.2018 yildagi № 1060-son qarori qabul qilinib, unga muvofiq ko‘chmas mulk ob’ekti mulkdorlari yoxud ushbu ob’ekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgarganda tegishli huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza bilan ko‘chmas mulk joylashgan joydagi Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishlari belgilandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 30.06.2018 yidagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  № 493-son qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirilishi, hamda yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 28.01.2019 yidagi № 63-son qarori bilan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi  orqali realizatsiya qilish tartibi belgilandi.

Bundan tashqari, qo‘mitaning 02.11.2018 yildagi “Davergeodezkadastr qo‘mitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 641-son buyrug‘i qabul qilinib, ushbu buyruqda pora berilishi haqida xabar qilgan qo‘mita tizimidagi tashkilot va korxonalarning davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida tasdiqlangan xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda aholimizning ham yordami kerakdir. Shuni ko‘zlagan holda joriy yilning iyun oyida qo‘mitaning www.ygk.uz rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi ishga tushurildi.

Fuqaro yoki yuridik shaxs qo‘mita hamda uning tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlardagi korrupsion holatlar bo‘yicha ushbu http://ygk.uz/eform/submit/korrupsiya-form havolasi orqali kirib murojaat qilishlari mumkin. Murojaat qo‘mita qoshida tuzilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish respublika komissiyasi”ga kelib tushadi.

Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutiladi va qonunan himoyalanadi. Murojaat sohta emasligini aniqlash maqsadida qo‘mita mutaxassisi murojaatchi bilan bog‘lanadi.

Bundan tashqari qo‘mitaning 1097 ishonch telefon raqami 1 kunda 24 soat dam olish kunisiz kunu-tun ishlab turibdi. Fuqaro va tadbirkorlarimizda bizning sohamiz bo‘yicha qandaydir muammolari bo‘ladigan bo‘lsa biz ularni qabul qilishga doim tayyormiz.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 593
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing