Janubiy Koreyaning Yer va geofazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish korporatsiyasining loyihalari bilan tanishuv

2019 yil 5 avgust kuni Davyergeodezkadastr qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sh. Habibullayev hamda "Geoinfocom" DUK direktori X.Isayev Janubiy Koreyada boʻlib oʻtayotgan “Smart Geo Expo-2019” tadbiridagi ishtiroki doirasida Jeju oroliga tashrif buyurdilar. 
U yerda tadbir tashkilotchisi boʻlgan Yer va geofazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish korporatsiyasi (LX)ning Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi buyurtmasiga koʻra uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarining joriy holatini tadqiq qilishga doir keng miqyosli loyihasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, LX korporatsiyasining Jeju orolidagi filiali rahbari O Ye Ri xonim bilan ikki davlatning tajribasi va uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalanish ob’yektlari haqida fikr almashildi.

img_20190806_120003_940.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 628
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing