Rais oʻrinbosarlarining sayyor qabullari

2019 yilning 15 iyulidan 1 sentyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi va rais o‘rinbosarlarining respublikaning barcha shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish grafigiga muvofiq, 2019 yil 26 iyul kuni Sirdaryo viloyatning Mirzaobod tumanida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Akmal Alisherovich Mamatovning hamda 29 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Republikasining Chimboy tumanida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jayevich Habibullayevning sayyor qabullari o‘tkazildi.

Sayyor qabulga tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslar muammoli masalalar bilan murojaat etishdi. Mazkur savollarga o‘z o‘rnida tegishli javoblar berilib, ko‘plab masalalar sayyor qabulning o‘zida yechimini topdi.

Navbatdagi sayyor qabullar joriy yil 30 iyul kuni Toshkent viloyati Qibray tumani hokimligi binosida va 31 iyul kuni Xorazm viloyati Xonqa tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 626
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing