Navoiy viloyati Nurota tumanida qo’mita raisi o’rinbosarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Joriy yilning 30 may sanasida Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi o’rinbosari Ruzmetov Maqsud Ismailovichning Navoiy viloyati Nurota tumanida rejalashtirilgan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.  Ushbu qabulda fermerlar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, mahalliy fuqarolar va Navoiy viloyati Yermulkkadastr mutaxassislari ishtirok etishdi.

2.30.05.jpg

Sayyor qabulga tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rmon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi, yerlarning sho‘rlanishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ekin turlarini yetishtirishdagi qiyinchiliklar, yer ajratish tartibi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi to‘lovlardagi imtiyozlar, himoya zonasiga tushgan uy-joyni qonuniylashtirish va shu mazmundagi savollar hamda faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar bilan murojaat etishdi.

3.30.05.jpg

Mazkur savollarga o‘z o‘rnida tegishli javoblar berilib, ko‘plab masalalar sayyor qabulning o‘zida yechimini topdi. Shuningdek Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi o’rinbosari tomonidan Navoiy viloyati Yermulkkadastr boshqarmasi, tegishli idora va korxona rahbarlariga sayyor qabulda ko‘tarilgan muammolarni atroflicha o‘rganib chiqish va o‘rnatilgan tartibda kechiktirmasdan xal etish vazifasi yuklatildi.

4.30.05.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 851
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing