Uchuvchisiz uchish qurilmalari qishloq xoʻjaligida faol qoʻllanilmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 29-martdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzurida “Geoinnovatsiya markazi” DUP tashkil etildi. 

 

Hozirgi kunda korxona tomonidan Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchadigan aviatsiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi bir necha yoʻnalishlar boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

“Geoinnovatsiya markazi” DUP direktori oʻrinbosari M.Shaikovning maʼlum qilishicha, korxona zimmasiga uchuvchisiz uchadigan aviatsiya sohasida strategik xususiyatga ega qator vazifalar yuklatilgan. Xususan, korxona uchuvchisiz uchuvchi qurilmalari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtiradi va dasturiy taʼminotni ishlab chiqarishda ishtirok etadi, ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda eng zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tajribadan foydalanadi. Uchuvchisiz uchuvchi qurilmalardan foydalanish jarayonida olingan maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash, shuningdek, uchuvchisiz uchish aviatsiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash ham korxona faoliyatining yana bir muhim yoʻnalishlaridandir.

 

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi xizmatida 91 uchuvchisiz uchuvchi apparat qoʻllanilmoqda. Ular orasida sekundiga tezligini 20 metrgacha oshira oladigan va 3 metrdan balandga koʻtarila oladigan eng zamonaviy rusumdagi apparatlar ham bor. Ular ortofotosuratga olishda va kartografiyada aniqlikni sezilarli darajada oshirish, ekin maydonlarini batafsil monitoring qilish, alohida hududlarni aerofotosuratga olish imkonini beruvchi bebaho yordamchilardir. 

 

Taʼkidlash joizki, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishda maxsus ruxsatnomalar talab etiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonuniga muvofiq, Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shu harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agarda oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar odamlar oʻlimiga, halokatga, boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Bundan tashqari, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” DUP hamda Xitoyning dron apparatlarini ishlab chiqaruvchi “BShark Holdings Ltd” kompaniyasi oʻrtasida mamlakatimizda uchuvchisiz uchadigan texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Tomonlar yurtimizda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda, hamkorlikda taʼlim dasturlarini ishlab chiqadilar, uchuvchisiz uchadigan texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha seminarlar oʻtkazadilar, mutaxassislar, axborot va tajriba almashadilar.

 

– Mamlakatimizdagi uchuvchisiz uchadigan ilk apparat joriy yilda konveyerdan chiqadi, – deydi “Geoinnovatsiya markazi” DUP ekspluatatsiya boʻlimi boshligʻi S.Mamasodiqov. – Bu Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasida ishlab chiqarildi. Bu yerda uchuvchisiz uchadigan apparatlarning eng zamonaviy andozalari, jumladan, vodorod yordamida ishlaydigan apparatlarni ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi. Uchish apparatlarining maʼlum qismi qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi. Ular ekin maydonlariga suyuq oʻgʻitlar, pestitsidlar va dori vositalarini sepishi mumkin.

 

Soʻnggi yillarda koʻpincha fantastika filmlarida namoyish etilgan uchuvchisiz uchadigan apparatlar dunyodagi millionlab fuqarolarning qundalik hayotiga aylandi. Ulardan turli sohalarda foydalanilmoqda va bolalar oʻyinchoqlarini tashishdan tortib yuzlab kilogrammli yuklarni tashiy oladigan, butunlay avtomatlashgan yuk tashuvchi uchuvchisiz uchadigan dronlardan foydalanishgacha boʻlgan sohalar soni muntazam oshmoqda.

 

Manbaa: OʻzA

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 591
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing