Rossiya hukumati rahbari Oʻzbekistonga keldi

Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 29-may kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.


Qisqa suhbatdan soʻng Rossiya delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.


Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari 30-may kuni Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishida ishtirok etadi.


Yigʻilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Qoʻshma komissiya yigʻilishi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning yangi shakli boʻlib, unga 2018-yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chogʻida asos solingan.

 

4.JPG

 

1.JPG

 

Manbaa: OʻzA

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 564
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing