Davyergeodezkadastr qo'mitasi qo’mita tizimida faoliyat olib borayotgan hodimlar o’rtasida maqolalar tanlovni e’lon qiladi

Davyergeodezkadastr qo'mitasi “Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash loyihasining maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko'riladigan foyda” mavzusida qo’mita tizimida faoliyat olib borayotgan hodimlar o'rtasida maqolalar tanlovini e'lon qiladi.

Maqolada “Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash loyihasining maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko'riladigan foyda” investitsion loyihasi doirasida qomitada olib borilayotgan ishlar, maqsadi, vazifalari, kutilayotgan natijalari yoritilgan bolishi kerak

Tanlovga taqdim etilgan ishlarga quyidagi talablar qo'yiladi:

  1. Maqola hajmi 2000 dan kam belgi bo'lmasligi (tinish belgilari, probellarni hisobga olgan holda).
  2. Matn talablari:
  • fayl formatu: Microsoft Word (*.doc, *.docx);
  • Matnning ikki yonidan qoldiriladigan o‘lcham – 2 sm;
  • Shrift – Times New Roman;
  • Shriftning kattaligi – 14;
  • Qatorlar oralig‘i – 1,15;
  • Xat boshi (abzats) – 1,25.

Tanlovga materiallar joriy yilning 15 iyun sanasiga qadar tanlov@ygk.uz manzili bo'yicha qabul qilinadi.

Ishlar o'zbek yoki rus tillarida taqdim etilishi mumkin.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 471
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing