Davyergeodezkadastr qo‘mitasi AKT joriy qilish bo‘yicha davlat organlarining 2019 yilning I-chorak yakuni reytingida 4 o‘rinni egalladi

2019 yilning I choragi davomida bir qator avtomatlashtirilgan axborot tizim (AAT)lari joriy etish bo‘yicha ishlar olib borildi, xususan:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1060-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha
“DAVREESTR 2 PRO” AAT ishlab chiqildi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 63-son Qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan elektron yer auksionlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorlov jarayonlarini amalga oshiruvchi “YERELEKTRON 63” AAT ishlab chiqish va joriy etish ishlari olib borildi;

- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi va uning tizim tashkilotlarida ijro intizomini yanada yaxshilash maqsadida “I-INTIZOM” AAT ishlab chiqildi va joriy etildi.

Shu jumladan, hozirda yana bir necha loyihalar ustida  ishlar olib borilmoqda, chunonchi:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 146-son Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha “MAXSUS HISOB” AAT;

- Davyergeodezkadastr qo‘mitasi markaziy apparatiga viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, viloyat Yermulkkadastr davlat korxonalari, tizimdari korxona va tashkilotlar hamda boshqa idoralardan taqdim etilayotgan hisobotlarning o‘z vaqtida bajarilishini markazdan nazorat qilishni ta’minlash bo‘yicha
“E-REPORTING” AAT;

- Aholi va yuridik shaxslarni Davlat reestri ma’lumotlaridan erkin foydalanishi hamda onlayn rejimda axborot olishini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etish.

2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2016 yil 23 fevraldagi 7-son yig‘ilish Bayonining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga tegishli 7 turdagi ochiq ma’lumotlar to‘plamlarining barchasi data.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida yangilagan va joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 120-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga tegishli bo‘lgan xizmat turlari 31 taga yetkazilib, official2.gov.uz - Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestriga joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 284-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Davyergeodezkadastr qo‘mitasining barcha boshqarmalari tomonidan ishlab chiqilayotgan qaror loyihalari muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi (regulation.gov.uz) portalida joylashtirilishi ta’minlanib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 256-son qarori ijrosini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari va axborot resurslarining ro‘yxati belgilangan tartibda reestr.uz axborot tizimiga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 9 dekabrdagi “Elektron hukumat to‘g‘risida” 395-son qonuni ijrosini ta’minlash borasida ma’lumotnoma va klassifikatorlar registri (classifiers.gov.uz)da Davyergeodezkadastr qo‘mitasining “Geografik ob’ektlar nomlari reestri” to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlari to‘liq shakllantirildi.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.ygk.uz)ning dizayni takomillashtirilib, aholi foydalanishi uchun oson va qulay hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir qator so‘rovnomalarda ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratildi.  

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 355-sonli qarori asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi amalga oshirilib boriladi.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasida AKT va “Elektron hukumat” tizimlarini joriy etish, rivojlantirish yo‘nalishida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilning I chorak yakuniga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini baholash tizimi reytingida Davyergeodezkadastr qo‘mitasi umumiy reytingda 4-o‘rinni (94,41 ball) egalladi. Shu o‘rinda eslatish joizki, Davyergeodezkadastr qo‘mitasi 2018 yil yakuniga ko‘ra umumiy reytingda 7-o‘rinda edi, ya’ni o‘z ko‘rsatkichini yaxshilab, o‘tgan bir chorak bilan taqqoslaganda 3 pog‘onaga ko‘tarildi.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasining soha faoliyatidagi axborot-kommunikatsiya tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar pirovard natijada aholi hamda foydalanuvchilarning turli qatlamlariga Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tizimidagi barcha xizmatlardan foydalanishda ularga qulayliklar yaratish va bu borada samaradorlikni oshirishni ta’minlaydi.

Ishonch telefoni

1097

Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 467
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing