BMTning Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasida Geografik nomlar bo‘yicha IX konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 3 may sanasida Birlashgan Millatlar tashkilotining Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasida o‘tkazilayotgan Geografik nomlar bo‘yicha BMT Ekspert guruhining birinchi sessiyasida qatnashayotgan 63dan ortiq davlatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ham vakillar ishtirok etmoqdalar. O‘zbekiston ushbu yo‘nalish bo‘yicha Sharqiy Yevropa, Shimoliy va Markaziy Osiyo bo‘limi (Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, va Rossiya Federatsiyasi) vakili xisoblanadi.

Bo‘lib o‘tayotgan sessiyada Geogrfik nomlar bo‘yicha BMT Ekspert guruhining Nizomi va geografik nomlar bo‘yicha ishlash Tartibi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2016-2018 yillarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha a'zo davlatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Sharqiy Yevropa, Shimoliy va Markaziy Osiyo bo‘limi tomonidan 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan hisobotda 2017 yilda Irkutsk va 2018 yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda geografik nomlar bo‘yicha milliy va halqaro standartlar bo‘yicha axborot almashinuvlari aks etgan.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 879
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing