You are here

O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi faxriylari


O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi faxriylari

 

 

1_1.jpg

Latipov Arzet Ilyasovich

MEHNAT FAOLIYATI

1953-1958 yy. Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi

1958-1959 yy. Namangan Yer tuzish partiyasi Yer tuzuvchi muhandisi

1959-1960 yy. Namangan viloyati Yer tuzish bo‘limi 2-darajali Yer tuzuvchi

1960-1961 yy. Farg‘ona Yer tuzish partiyasi 2-darajali Yer tuzuvchi

1961-1966 yy. Farg‘ona “O‘zgiprozem” institutining Yer tuzish partiyasi Yer tuzuvchisi

1966-1969 yy. Toshkent shahar “O‘zgiprozem” institutining Yangi yerlar bo‘limi guruhi rahbari

1970-1989 yy. Toshkent shahar “O‘zgiprozem” institutining Yangi yerlar bo‘limi bosh mutaxassisi

1989-1993 yy. Toshkent shahar “O‘zgiprozem” institutining Yangi yerlar bo‘limi boshlig‘i

1993-2006 yy. Davlat soliq qo‘mitasi bosh inspektori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

2006-2008 yy. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi yagona tartib davlat kadastri bo‘limi bosh mutaxassisi

2009-2017 yy. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzish va davlat yer kadastri bo‘limi bosh mutaxassisi

 

 

 

 

2_1.png

Maksudov Jaxongir Mansurovich

MEHNAT FAOLIYATI

Maksudov Jaxongir Mansurovich 1941 yilning 16 iyulda Toshkent shahrida tavallud topdi.

1964 yilda oyida Toshkent qishloq xo‘jaligi institutni bitirib, Respublika tuproq ekspeditsiyasiga muhandis lavozimiga ishga qabul qilindi.

1966-1968 yillarida katta muxandis lavozimida. 1968-1971 yillardla otryad boshligi, 1971-1979 yillarda gruppa boshlig'i, 1979-1984 yillarda sektor boshlig'i va 1984-1989 yillarda ekspeditsiya boshlig'i lavozimida ishlab kelgan. 1989 yilda “Yer kadastri filiali” sho’ba korxonasiga direktor vazifasiga tayinlangan.

2001 yilda “Shuhrat ” medali bilan taqdirlangan.

2009 yildan 2011 yilgacha “Tuproq bonitirovkasi” sho’ba korxonasi bosh konsultant lavozimida ishlab kelgan.

 

 

 

 

 

3.png

Onishenko Yuriy Mixayilovich

MEHNAT FAOLIYATI

Onishenko Yuriy Mixaylovich 1941 yilda Andijon viloyati Marxamat tumanida tug’ilgan.

1977 yildan 1979 yilgacha Afg’onistonda xorij safariga yuborildi.

1979-1998 yil. Uzgiprozem loyiha bosh muhandisi, bosh mutaxassis va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarda ishlab kelgan.

1998-2002 yillarda Geoaxborot va kadastr milliy markazi bosh mutaxassis lavozimida ishladi.

2002 yildan 2012 yilgacha ilmiy texnika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishagan.

Y.M.Onishenko yer qonunchiligini qayta ishlash bilan bog‘lik ishlarni bajarib keldi, o‘n birdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va taqrizlashda ishtiroq etdi. Shu jumladan uning tomonidan “Foydali qazilmalarni qazib olishda, qidiruv, qurilish ishlarida va boshqa ishlarda buzilgan yerlarni inventarizatsiyalash bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Ma’muriy tuman chegaralarida yer fondini inventarizatsiyalash ishlarini o‘tkazish tartibi” ishlab chiqilgan, Yer kodeksidagi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunlardagi o‘zgarishlar va Shirkat xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi yerlaridan ijara shaklida foydalanish shakliga o‘tkazish va yer uchastkalarini fuqarolarga fermer xo‘jaliklarini shakllantirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish tartibi bilan bog’liq takliflar tayyorlangan. Y.M.Onishenko intizomli mutaxassis, xodimlarning xurmatini qozongan, o‘z bilim saviyasini muntazam oshirib boradi va uni yosh mutaxassislar bilan beminnat baxam ko‘radi.

 

 

 

4.png

Rijenkov Viktor Petrovich

MEHNAT FAOLIYATI

Rijenkov Viktor Petrovich 1935 yilning 8 martida Rossiyaning Penza oblastining Moksha rayonining Porshk qishlog‘ida tavallud topdi. 1955 yili o‘rta maktabning 10 sinfini tamomlab, 1955 yili Sovet Armiyasi saflarida 1958 yilgacha xizmat qildi.

1958 yilning sentyabr oyida Toshkent qishloq xo‘jaligi institutiga qabul qilindi. 1963 yili institutni bitirib, Respublika tuproq ekspeditsiyasiga muhandis tuproqshunos lavozimiga ishga qabul qilindi.

1969 yili aspiranturaga kirish munosabati bilan tuproq ekspeditsiyasidan bo‘shab, Toshkent qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va mexaniyazatsiyasi injenerlari institutining tuproqshunoslik kafedrasiga ilmiy xodim sifatida qabul qilindi.

1972 yilning may oyidan Jazoir davlatiga xorij safariga yuborildi. 1976 yilgacha bu davlatda mehnat qildi.

1976 yilning may oyidan «O‘zdavyerloyiha» institutining «Yer kadastri» filialiga otryad boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilindi. 1977 yildan 1990 yilgacha shu korxonada ,bosh mutaxassis bosh muhandis lavozimlarda ishlab kelgan.

1990 yilda partiya boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

2008 yilda o‘z arizasiga ko‘ra 1 toifali muhandis-tuproqshunos lavozimiga o‘tkazildi.

Share

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 593
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing