Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasining Davlat kotibi, Vengriya Respublikasi davlat boshqaruvi vaziri B.Tusson bilan uchrashuvi va hamkorlik xaqidagi memorandumining imzolanishi

2019 yil 11 aprel kuni Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasi Vengriya Bosh vaziri ma’muriyatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida qo‘mita raisi o‘rinbosari A. Mamatov va Davlat kotibi, Vengriya davlat boshqaruvi vaziri janob Benche Tussonning ikki tomonlama rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida janob Benche Tusson Vengriyada davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil bayon etdi. Shundan so‘ng janob Benche Tusson Vengriya parlamenti binosi ichida delegatsiya a’zolari uchun ekskursiya o‘tkazdi va parlament binosi qurilishi tarixi haqida batafsil so‘zlab berdi.

g2.jpgg4.jpg

Delegatsiya, shuningdek, Lexner nomli bilim markazining Bosh direktori janob Fekete Gabor bilan ham uchrashdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning "Geoinnovatsiya markazi" Davlat unitar korxonasi va Lexner nomli bilim markazi o‘rtasida yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

g2_2.jpgg3.jpg

12-aprel kuni, tashrifning yakuniy kunida, delegatsiya a’zolari Davyergeodezkadastr qo‘mitasi hodimlarining geodeziya, kartografiya, masofadan zondlash va geoinformatika bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida Sekeshfeherver shahrida joylashgan Obuda Universitetiga tashrif buyurdilar. U yerda tomonlar "aniq dexqonchilik" tizimi sohasida uchuvchisiz uchish vositalaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekistondagi tajriba maydonchasida izlanishlar olib borish haqida kelishib oldilar.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 499
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing