Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasi Vengriya davlat g‘aznachiligiga tashrif buyurdi

2019 yilning 10-aprel kuni Budapesht shahrida Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A. Mamatovning Vengriya Respublikasi Davlat g‘aznachiligi raisi Jozef Mezarosh bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilib, yer munosabatlari sohasida tajriba almashishdi. O‘zbekiston tomoni Vengriyaning yer uchastkalariga ajratiladigan davlat subsidiyalari, shuningdek, yerlarni identifikatsiya qilish tizimi bilan tanishdi.

12.04.19.jpg

Vengriya davlat g‘aznachiligi alohida operatsion va moliyaviy boshqaruvga ega markaziy budjet muassasasi bo‘lib, milliy darajada vakolatga ega mustaqil yuridik shaxsni tashkil qiladi va Iqtisodiyot vazirining nazorati ostida faoliyat yuritadi. G‘aznachilik o‘z vazifalarini shtab-kvartirasi va tuman bo‘limlari orqali amalga oshiradi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 499
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing