Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasining Vengriya Eksport-import banki va Lexner nomidagi bilim markaziga tashrifi

Tashrifning ikkinchi kuni Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasi Vengriya Eksport-import banki direktori Gabor Shots bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan maqsad hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda geodeziya, kartografiya va yer resurslari sohasida O‘zbekiston bozoriga venger kompaniyalarini jalb etishdan iborat bo‘lib, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston vakillari respublikamizda xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli preferentsiyalar berish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qishloq xo‘jaligi, geoinnovatsiyalar hamda turizmni rivojlantirish yo’nalishlarida mavjud bo‘lgan investitsion imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni taqdim etdilar.

2_11.jpg

Delegatsiya a’zolari shuningdek Lexner nomidagi bilim markaziga tashrif buyurib, ushbu tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markaz Vengriyadagi global navigatsion yo‘ldoshli tizimlar (GNYT) tarmog‘ining operatori, arxiv va geofazoviy ma’lumotlar saqlovchisi, GIS texnologiyalarining ishlab chiquvchisi bo‘lib, "Takarnet" ma’lumotlarni qayta ishlash markazi hamda Budapesht shahrining ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga egadir. Uchrashuv davomida markaz mutaxassislari fotogrammetriya, Vengriyaning GNYT, masofadan zondlash va subsidiyalarni hududiy boshqarish uchun GISdan foydalanish, qishloq xo‘jaligi subsidiyalari tizimida "LPIS" tizimining ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni taqdim etdilar.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 499
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing