Davyergeodezkadastr qo‘mitasi vakillarining Vengriyaga tashrifi

Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida Davyergeodezkadastr raisi o‘rinbosari A. Mamatov boshchiligidagi delegatsiya Vengriyalik hamkorlar bilan uchrashish maqsadida Budapesht shaxriga tashrif buyurdi.

photo_2019-04-09_11-03-13.jpg

photo_2019-04-09_11-03-19.jpg

photo_2019-04-09_11-03-23.jpg

2019 yilning 8-aprel kuni qo‘mita vakillarining Vengriya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari milliy palatasi rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining milliy palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur palataning asosiy vazifasi manfaatlarni himoya qilish, subsidiyalash xamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari malakasini oshirish uchun mutaxassislarni jalb etish kabilardan iboratdir.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vazirligi va Vengriya geodeziya, kartografiya va masofadan zondlash ilmiy-tadqiqot instituti vakillari "Vengriyadagi yer boshqarish tizimining asosiy xususiyatlari" mavzusida hamda Vengriyaning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o'tkazish va kadastr tizimini modernizatsiya qilishga oid so'nggi 25 yillik tajribasiga bag‘ishlangan taqdimotlarni namoyish etdilar.
Chet el sarmoyalarini jalb qilish hamda respublikamizda geoinnovatsiyalar sohasidagi global korporatsiyalarning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida delegatsiya a’zolari EUROSENSE kompaniyasining maxalliy ofisiga tashrif buyurishdi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 499
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing