“Yer va hayot ko’rsatkichi 2019” konferensiyasi

2019 yil 25 martdan 29 martga qadar Vashingtondagi Jahon bankining bosh ofisida Jahon bankining “Yer va hayot ko’rsatkichi” mavzusida 20-xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Davyergeodezkadastr qo’mitasi raisi o’rinbosari Maqsud Ruzmetov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Ta’kidlab o’tish kerakki, ushbu tadbir yer resurslarini boshqarish sohasidagi keng miqyosdagi xalqaro konferensiyalardan biri bo’lib, unda 1500 davlat boshqaruvi hodimlari, olimlar, fuqarolik jamiyati a’zolari ishtirok etishdi.  

Konferensiya mobaynida O’zbekiston delegatsiyasi Fazoviy ma’lumotlar infrotuzilmasini yaratish bo’yicha yig’ilishlarda ishtirok etib, rais o’rinbosari Maqsud Ruzmetov va LX (Koreya) kompaniyasi pezidenti Chang Hak Choy bilan O'zbekiston yer fondining sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarini grafik va qonuniy hisobga olishni avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan yer axborot tizimini yaratish bo’yicha uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Konferentsiyaning uchinchi kuni Osiyo mamlakatlari delegatsiyalari yig'ilishida rais o'rinbosari M.Ruzmetov O'zbekistonda yer tuzish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar to'g'risida taqdimot qildi.

20190325_un-ggim.jpg

Konferentsiya davomida delegatsiya Florida shtati (AQSh), Melburn (Avstraliya), Tvente (Gollandiya), Praga (Chexiya) universiteti professorlari hamda Finlyandiya milliy yer xizmati mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda Davyergeodezkadastr qo’mitasi mutaxassislari tomonidan joylardagi ma'lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish, 3D kadastr yaratish, fotogrammetriya, ilmiy ish, ushbu sohalarda pilot loyihalarni tashkil etish imkoniyatlari, o'quv tizimlari va baholash tizimidagi hamkorlik masalalari bo'yicha o'qitish, qisqa kurslarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

20190325_lx.jpg

 

Konferentsiya davomida delegatsiya yer tuzish, ko'chmas mulkni ro'yxatga olish, baholash va u bilan bog'liq boshqa mavzular bo'yicha turli mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

 

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 513
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing